Муаллиф Topic: Равм ва ишмом ҳақида  (Ўқилган 3805 мартта)

0 Фойдаланувчилар ва 1 Меҳмон ушбу мавзуни кузатмоқда.

Fares Abbad

  • Хабарлар: 8
  • Баҳо: +0/-0
Равм ва ишмом ҳақида
« тарих:: Fevral 11, 2013, 08:51:53 pm »
Assalamu alaykum. Ma'lumki, ravm va ishmom qoidalari ustozdan mushofaha orqali o'rganiladi. Ammo, men bu qoidalar haqida batafsil nazariy ma'lumotlar so'ramoqchi edim. Oldindan katta rahmat.


Ҳасанхон қори

  • quran.uz ҳайъати
  • Хабарлар: 110
  • Баҳо: +0/-0
Равм ва ишмом ҳақида
« Жавоб #1 тарих:: Fevral 26, 2013, 09:19:25 pm »
Va alaykum assalom.
Ravm va ishmom harakatni bildirishga xizmat qiladigan qoidalardir. Ravm - harakatni chala aytish, aniqrog'i, uchdan birini aytish hisoblanadi. Uni yaqindagi odam eshitadi, uzoqdagi eshitmay. U kasra va zammada bo'ladi. Uni vaslda qilinsa, "ixtilos" deyiladi. Bu Hafs rivoyatida faqat bir o'rindaa, Yusuf surasidagi "laa ta'mannaa" kalimasida bor, xolos. Vaqfda ravm qilinganda vasl kabi o'qiladi, oriziy mad qilmay, tabiiy mad bilan to'xtaladi.
Ishmom - harakatni labning ishorasi bilan bildirish bo'lib, faqat zammada bo'ladi. Bunda xuddi sukun bilan vaqf qilingandek to'xtaladi va vaqf ketidan lablarni xuddi zammani aytgandek qilib cho'chchaytirib qo'yilida. Ishmomning tovushga ta'siri yo'q. Ravmni kar, ishmomni ko'r anglay olmaydi. Yusuf surasidagi mazkur kalimada ishmom qilish ham mumkin. Vallohu a'lam.