Муаллиф Topic: Маслаҳат беринг  (Ўқилган 6256 мартта)

0 Фойдаланувчилар ва 1 Меҳмон ушбу мавзуни кузатмоқда.

bohodir9765

  • Хабарлар: 10
  • Баҳо: +0/-0
Маслаҳат беринг
« тарих:: Март 08, 2013, 04:21:36 pm »
 asallomu alekum xurmatli shayh xazrat. sizga Olloh uzoq umr bersin. men xozir juda qiyin axvoldaman menga nima bultotganini uzim xam tushuna olmayaman meni yoshim 21 da Alhamdilulloh qiz farzandli buldim Olloh qalbimni ochib erimning ruhsati bilan raddomdan xijob ga urandim 5 vaqt namozni qoldirmay uqivomman hudoga shukur kechalari qurqib yiglash odat bulib qoldi Olloxdan qattiq qurqib yigladim Azroil farishta kelib jonimni olsaya kurinishlari qanaqa ekan hudo ni kurinishi qanaqa ekan shunga uhshash vahokazo. duzoxni kuz oldimga keltirib yeglavurdim muborak yosin eshitsam ham yegi kelaveradi xayolimda nimadir hudo yuq va har hil narsalarni yomon narsa yomonlay uylavurdim men faqatgina Ollohga sajda qilaman tilimdan hecham kalima tushmadi. hudoni yomonlagani uchun juda qattiq qurqib yigladim uzimni jinni bulib qoldim deb ham uyladim. kegin erim mani domlaga obordila ular sizga kofir jin kirib qolibdi didila. man daxshatga tushib qoldim u kishi muolaja qilamiz chiqib ketadi didila namozni qoldirmen didila.hayronman ibodatda yurgan odamga jin kirishi mumkunmi. qurquv mani tark etmadi haligacha oz moz qurqaman yolgiz qolsam kuzimga jinmi shaytonmi kurinib qolsaya deb qurqaman Alxamdilillox hamma narsa Olloxninig buyrugi bilan buladi balki bu menga berilgan sinovmi deb uyladim. yana boshqa otin oyiga borganimada sizga jin kirmagan qalbiz ochilgani namozni qoldirmay uqiganingiz uchun shayton jin lar vasvasa qiladi vasvasaga yul quymaslik kerak didila. iltimos siz xam manga maslaxat bering Ollox xammamizdan rozi bulsin. javobingiz uchun oldindan raxmat


Шайх Муҳаммад Содиқ

  • Шайх хазратлари
  • Хабарлар: 19243
  • Баҳо: +441/-0
    • www.islom.uz
Маслаҳат беринг
« Жавоб #1 тарих:: Март 10, 2013, 03:10:15 am »
- Сиз ибодатга берилганингиз учун шундай бўлган. Жин кириб олибди деган гап нотўғри. Сиз ибодатни йўлга қўйганингизучун шайтон типирчилаб сизни васваса қилишга уринган. Бу яхшилик аломати. Яна ҳам ихлосни кучайтириб, бошқа нарсаларни ўйламай ибодатни давом эттираверсангиз, ўз-ўзидан йўқолиб кетади, бу ҳолат.