Муаллиф Topic: Ташаккурнома  (Ўқилган 3540 мартта)

0 Фойдаланувчилар ва 1 Меҳмон ушбу мавзуни кузатмоқда.

utkir-abror

  • Хабарлар: 2
  • Баҳо: +0/-0
Ташаккурнома
« тарих:: Mart 11, 2013, 03:59:56 pm »
:bismilloh
ASSALOMU ALAYKUM, MUHTARAM SHAYX HAZRATLARI.
MUSULMON JAMIYATIGA BEMINNAT QILAYOTGAN XIZMATLARINGIZ UCHUN ALLOH TAOLO SIZ VA YAQINLARINGIZDAN O'ZI ROZI BO'LSIN!
O'TA QIMMATLI VAQTINGIZNI ARZIMAS DIL IZHORIM VA KICHIK MULOHAZALRIM ILA "O'G'IRLAYOTGANIM" UCHUN UZRLIMAN. SIZNING JUDA KO'PLAB FOYDALI SUHBATLARINGIZ, KITOBLARINGIZ VA MAQOLALARINGIZ ORASIDA XALQIMIZ BADIIY IJODIYOTI HAQIDA HAM MUHIM BO'LGAN FIKRLARIGIZ HAMISHA MEN KABI ADABIYOT MUALLIMLARI, QOLAVERSA, O'ZINI ZIYOLIMAN DEB BILGAN BARCHA-BARCHANING TAHSINIGA SAZOVOR BO'LMOQDA. DARSLARIMIZDA "IYMON", "TASAVVUF HAQIDA TASAVVUR", "IJTIMOIY ODOBLAR" KABI KITOBLARINGIZDAN DAVOMLI FOYDALANIB KELMOQDAMIZ. ALBATTA, ULARNING SAMARASI HAM KO'ZGA KO'RINMOQDA, ALHAMDULILLAH.
SHU BILAN BIRGA, HOZIRGI KUNDA TENGDOSHLARIMIZ, UMUMAN, KO'PCHILIK ORASIDA IMLO SAVODXONLIGINING "HAVAS QILGUDEK DARAJADA EMASLIGI" BARCHAMIZNING TASHVISHIMIZ. "IJTIMOIY ODOBLAR"DA KO'RSATILGANIDEK, ZAMONAVIY TEXNIKA VOSITALARIDAN AQLSIZLARCHA FOYDALANISH KITOBDAN YOSHLARNING UZOQLASHISHIGA SABAB BO'LMOQDA, VALLOHU A'LAM. TO'G'RI YOZISH QOIDALARINI O'RGATISHGA NIMAGADIR BIZ O'QITUVCHILAR SUSTLIK QILYAPMIZ YOKI BOLALARDA ILMGA RAG'BAT KAMROQ...
MENING SIZGA TASHAKKUR AYTGAN HOLDA ASOSIY FIKRIM (JAVOBIGA MUHTOJLIGIM) QUYIDAGI SO'ZLARIMDA AKS ETADI. BUNDAN BIR NECHA OYLAR ILGARI DIN ISHLARI BO'YICHA QO'MITANING DINIY TA'LIM BO'LIMIGA BORIB, ADABIYOT DARSLARINING HAFTALIK BIR SOATINI "IMOM BUXORIY SABOQLARI" NOMI BILAN ASOSAN ODOB-AXLOQQA OID HADISLAR ASOSIDA SABOQ UCHUN AJRATISHNI TAKLIF ETDIM. ULAR FIKRIMNI MA'QULLASHDI. AMMO BUNING UCHUN XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI ROZI BO'LISHI KERAKLIGINI ALOHIDA TA'KIDLASHDI. DUNYO TASHVISHI BILAN BO'LIB QANCHA FURSAT O'TIB KETDI. QOLAVERSA, TA'LIM VAZIRLIGI BILAN QAY YO'SINDA SUHBATLASHIHSGA AQLIM YETMAY TURIBDI. ILTIMOS, SHUNGA YO'L KORSATSANGIZ.
ALLOH TAOLO BARCHAMIZDAN O'ZI ROZI BO'LSIN.  
  


Шайх Муҳаммад Содиқ

  • Шайх хазратлари
  • Хабарлар: 19243
  • Баҳо: +441/-0
    • www.islom.uz
Ташаккурнома
« Жавоб #1 тарих:: Mart 15, 2013, 10:22:27 pm »
- Бу савобли ишни шахсан қабулга бориб ёки ёзма равишда мурожаат қилиб амалга ошириш мумкин.