Hazrat men SamDU ning tabiiy fanlar fakulteti kimyo yönalishi 4-bosqich talabasiman. Inshaalloh bu yil öqishni bitirib diniy ta'lim olish uchun öqishga kirmoqchiman. Özim ham Alloh qodir qilganicha, oz-moz diniy ilmga egaman. Hazrat men madrasada öqimay turib Toshkent Islom Institutiga kirsam böladimi? Bazilar madrasada öqimay turib Institutga kirsang qiynalib qolasan deyishayapti. Hazrat menga qanday maslahat bera olasiz? Sizni kitoblaringizni qöldan kelganicha öqib borayapman. Kitoblaringizdan juda köplab bilmagan narsalarimni örganib oldim! Din yo’lidagi qilayotgan xizmatlaringiz uchun Alloh rozi bölsin. Hazrat nima qilsam ekan? Hazrat agar dastlab madrasada öqishim kerak bölsa, Mir Arab madrasasida öqiganim afzalmi yoki Kökaldosh madrasasidami? Hazrat menga maslahat bering iltimos! Tashakkur!!!
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф роҳимаҳуллоҳ:
Тўғридан тўғри ТИИга кирган одам қийналиши турган гап.